Toshkentda 24-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi

Ma’lum qilinishicha, 22-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.

Toshkent shahar hokimining qaroriga ko’ra, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 2022-yil 19-oktabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunga muvofiq ravishda, 22-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.