Toshkentda biometrik maʼlumotlar asosida yuzni tanish tizimi joriy etiladi

Mazkur tizim jamoat tartibini ta’minlash, virusli va yuqumli kasalliklar tarqalishi, jinoyatchilik va terrorizmning oldini olishga yo’naltirilgan.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Kengashining 69-sessiyasida deputatlar Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimi Shavkat Fayziyevning “Biometrik maʼlumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish tizimining loyiha kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi axborotini muhokama qilishdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tizim virusli va yuqumli kasalliklar tarqalishi, tartibsizliklar, jinoyatchilik va terrorizm kabi xavf-xatarlarning oldini olishga yordam beradi.