Toshkentda daraxtlarni sug'orish aksiyasi o'tkazilmoqda

2-7 avgust kunlari poytaxtda daraxtlarni sug'orish bo'yicha "Shaharimiz daraxtlarini asrang" aksiyasi va ekologik muammolarga bag'ishlangan sayyor qabullar o'tkazilmoqda.

Aktsiya shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O'zbekiston Ekologik partiyasi poytaxt kengashi va Maxsustrans korxonasi tomonidan tashkil etildi.

So'nggi haftalarda Toshkent aholisi hukumatning e'tiborini shaharning ko'p joylarida daraxtlar quriy boshlaganiga qaratmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Senat raisi Tanzila Narbaeva fuqarolarni tabiatni muhofaza qilishga chaqirgan edi.