Toshkentda elektrobuslar harakati yo’lga qo’yiladi

Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 20 ta elektrobus Toshkentga olib kelindi.

1-fevral kuni «Toshshahartransxizmat» avtoparki uchun mo‘ljallangan 20 ta elektrobusdan iborat partiya Toshkentga yetib keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi. ZK6126BEVG rusumli elekrobuslar Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko’ra, elektrobuslar tez kunlarda yo‘nalishlarga chiqariladi.