Toshkentda FTA delegatsiyasi bilan muzokaralar o'tkazildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Sh. Vafayev Toshkentda Frantsiya taraqqiyot agentligi delegatsiyasi bilan muzokaralar o'tkazdi.

FTA vakillari O'zbekistonda iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonlariga moliyaviy, investitsiyaviy va maslahat yordamini kengaytirishda davom etishga tayyorligini bildirdi. Xususan, tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini batafsil muhokama qildilar, shuningdek, O‘zbekiston bilan 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturining imzolanishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Dastur umumiy qiymati 1,2 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 12 ta yangi loyihani moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Shuni ham aytib o'tish joizki, kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.