Toshkentda fuqarodan farzandlariga 117 million so'm aliment undirildi

Toshkentda fuqaro R.S.dan undiruvchi L.S. foydasiga 1/3 qism miqdorida ya’ni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Bu haqda UzA ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, MIB harakatlari davomida davlat ijrochisining to‘g‘ri tushuntirishi natijasida voyaga yetmagan farzandlarning ta’minoti uchun 18 yoshgacha bo‘lgan davr uchun 117 million so‘m aliment pullari ikki nafar voyaga yetmagan farzandlar uchun undirib berilgan.