Toshkentda havo harorati pasayib, qor yogʼishi kutilmoqda

Bugun, 9-fevral kuni Oʼzbekiston boʼyicha yomgʼir, baʼzi hududlarda qor yogʼishi mumkin. Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomgʼir yog’ishi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi va tuman tushishi aytilmoqda.
Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5+7 daraja iliq boʼladi, kechga tomon 0+2 darajagacha pasayadi.






