Toshkentda hukumat akseleratori ofisining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

15 iyun kuni Toshkentda hukumat akseleratori ofisining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tashabbus BAA sheriklari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Tadbirda BAA hukumat ishlari vaziri Muhammad al-Gergavi va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, akseleratorning asosiy vazifasi davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi dolzarb muammolarni tez va samarali hal etishdan iborat.