Toshkentda Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik yig'ilishiga bag'ishlangan brifing

Tadbirda investitsiya va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Sh. Vafayev so'zga chiqib, tadbirni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun poytaxtimizda puxta tayyorgarlik ko'rilayotganini ta'kidladi. Har yilgi yig'ilishning barcha tadbirlari Xilton Toshkent City mehmonxonasining Kongress zalida 2021-yil 1-dan 4-sentabrgacha bo'lib o'tadi.
Tadbirda 54 mamlakat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari delegatlari, xalqaro nufuzli kompaniyalar va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etadi. Tadbirda ishtirok etish uchun 2500 dan ortiq ishtirokchilar ro'yxatdan o'tgan.
Tadbir doirasida bir qator moliyaviy bitimlar, shuningdek, boshqa muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.






