Toshkentda jasadi topilgan rossiyalik jurnalistning o'limi sababi aniqlandi

Rossiyalik jurnalist "Byulleten kinoprokatchika" gazetasining bosh muharriri Aleksandr Nechayev 37 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda chorshanba kuni jurnal tahririyati xabar berdi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining xabar berishicha, 36 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazilmoqda.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Nechayevning o‘limi "surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi"dan kelib chiqqan.

Nechaevning hamkasbi va do‘sti Denis Korsakov ham Facebook’da jurnalist bir necha oyga ketgan Toshkentdagi kvartirasida o‘lik holda topilgani haqida xabar berdi. Korsakovning so‘zlariga ko‘ra, Nechayev aprel oyida Moskvaga qaytishi kerak edi.

A.Nechayevning tanasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan.

Ma'lumot o'rnida, Nechaev 1986-yil 12-mayda Saratov viloyati Marks shahrida tug'ilgan. Saratov shahridagi "Komsomolskaya pravda" filialida ishlagan, 2008- yilda Moskvaga ko'chib o'tgan. Keyinchalik u kinoga ixtisoslashgan "Rossiyskaya gazeta" uchun ham yozgan.

"Byulleten kinoprokatchika" - bu Metropolitan Media agentligining Rossiya kino bozori haqidagi axborot resursi. Unga 2003-yilda asos solingan.