Toshkentda jinoyatchilik 2022-yilda 10,8 foizga kamaygan

Qayd etilishicha, qasddan odam oʼldirish 18 foizga, qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish 23,6 %, bosqinchilik 25,4 %, talonchilik 35 % kamaygan. Ammo, soʼnggi vaqtlarda bank kartalaridan pul oʼgʼirlash va kiberfiribgarlik holatlari ortmoqda.
IIBBning qayd etishicha, bu ichki ishlar boʼlimida koʼrsatilgan zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan bogʼliq.






