Toshkentda kirish imtihonlari qanday o'tmoqda?

Kecha, 5 avgustdan respublikaning barcha oliy o'quv yurtlarida test sinovlari boshlandi.
Testlar butun mamlakat bo'ylab 53 joyda va 35 obʼektlarda o'tkazilmoqda. Masalan, poytaxtda ular "Paxtakor" va "Bunyodkor" stadionlarida, G'alaba bog'ida va Botanika bog'ida o'tkazilmoqda.
Botanika bog'idagi oliy o'quv yurtlariga abituriyentlarning test sinovlari 5 avgustdan boshlab 12 kun davomida ikki smenada 07.00-10.00 va 19.00 -22.00 gacha o'tkaziladi. Talaba bo'lishni xohlagan 700 dan ortiq abituriyent bu yerda o'z bilimlarini bir smenada sinovdan o'tkazishi mumkin.






