Toshkentda ko‘cha yoritish tizimlari tungi iste’molni cheklash tartibiga o‘tkazildi

“Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi xabarida qayd etilishicha, Toshkentda 16-noyabrdan boshlab ko‘cha yoritish tarmoqlari vaqtinchalik tungi iste’molni cheklash tartibiga o‘tkazildi.

“Hozirgi kunda respublikamiz hukumati elektr energiyasi iste’molchilarining oldiga yana bir muhim vazifa — energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan foydalanish vazifasini qo‘ydi… Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz”, — deyilgan korxona xabarida.