Toshkentda mehmonxona xo‘jaligi va oshpazlik san'ati instituti tashkil etiladi

Ma’lum qilinishicha, Parijda Toshkent shahar hokimligi mutassaddilari hamda Le Cordon Bleu akademiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv o’tkazilib, unda tomonlar o‘rtasida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuvga asosan Toshkent shahrida mehmonxona xo‘jaligi va oshpazlik san'ati instituti tashkil etiladi. Ushbu oliy ta'lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali:
yurtimiz bo‘ylab turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida jahon standartlari darajasidagi ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash;
turizm, pazandachilik hamda mehmonxona xo‘jaligi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma, seminar va konferensiyalarda O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish kabi vazifalar belgilab olindi.






