Toshkentda Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali o‘tkaziladi

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar, Navro‘z bog‘ida “Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali” bo’lib o’tadi.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O‘zbekiston Sotsial turizm assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Festivalda 100 nafar alohida ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlari, madaniy dasturlar va ko‘ngilochar tomoshalar tashkil etiladi.

“Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali” doirasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmand ustalar ishtirokida “Qo‘g‘irchoqlar bayrami” nomi ostida ko‘rgazma-yarmarka bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka 1-iyun kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar davom etadi.

P.S. Bolalar tomoshalari soat 18:00 dan boshlanadi.