Toshkentda oʻtadigan boks chempionatiga rekord darajada mukofot qoʻyildi

Joriy yilning 1—14-may kunlari Toshkent kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, mazkur chempionatining sovrin jamg‘armasi rekord darajaga ko‘tarilgan.
Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 5,2 million dollarni tashkil qiladi.
Sovrinli o‘rinni egallagan bokschilar quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
• Oltin medal uchun: 200 ming dollar
• Kumush medal uchun: 100 ming dollar
• Bronza medal uchun: 50 ming dollar.






