Toshkentda O'zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 1 iyun kuni poytaxtimizda O'zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo'lib o'tdi.
Tadbirda 100 dan ortiq yetakchi kompaniya, tojikistonlik korxonalar vakillari ishtirok etdi. Biznes-forumda O'zbekiston kompaniyalari ham faol ishtirok etdi.
Biznes-forum davomida o'zaro savdo-sotiqni yanada rivojlantirish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish orqali qo'shma korxonalarni ko'paytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi yillarda O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasida o'zaro savdo hajmi besh barobar o'sdi va o'tgan yil yakunlariga ko'ra 600 mln dollarni tashkil etdi.






