Toshkentda O‘zbekiston – Koreya ekspertlar forumi bo'lib o'tadi

Forumning asosiy maqsadi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Joriy yil 23-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti ko‘magida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi Kotibiyati bilan birgalikda “O‘zbekiston – Koreya: kelajakka nazar” ekspertlar anjumani o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlar dasturiga muvofiq tashkil etilmoqda.
Yig‘ilishda yuqori martabali vakillar – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh rahbari Sodiq Safoyev, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov, “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Hamkorlik forumi Kotibiyati ijrochi direktori Li Chjon Guk, Koreyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang ishtirok etadi.
Anjuman maydonida ikki mamlakat tahliliy markazlari yetakchi mutaxassislari va rahbarlari ham to‘planadi






