Toshkentda qator davlatlar idora rahbarlari hamda yirik kompaniyalar va sarmoyadorlar ishtirokida iqtisodiy forum bo‘lib o‘tmoqda

Forumda xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumatlar, yirik banklar va investorlar, konsalting va audit firmalardan iborat yuzdan ortiq tashkilotlarning uch yuzdan ortiq yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, Jahon banki vitse-prezidenti - Anna Byerde, OTBdan - Shiksin Chen, MDH ijroiya qo‘mitasi raisi - Sergey Lebedev. Shuningdek, BAA, Tojikiston, Rossiya, Ozarbayjon hamda Belarus Respublikalarining vazirliklar va idoralar rahbarlari.
Bundan tashqari forumda mahalliy va xorijiy banklar rahbarlari, yirik sarmoyadorlar ishtirok etmoqda.

Forumda, jami 1300 dan ziyod mahalliy va xorijiy iqtisodchilar, hamkor davlatlar vakillari, xalqaro moliya institutlarining qiziqish bildirib roʼyxatdan oʼtdi.

Ikki kun davom etadigan Xalqaro Forum yalpi yigʼilish bilan boshlanib, yuqoridagi nufuzli mehmonlar ishtirokida iqtisodiy islohotlarning sarhisobi muhokama qilindi. Mazkur Forumning ikki kunlik dasturidan jami oʼn toʼrtta sektsiya joy olgan boʼlib, unda davlat korxonalari va banklar transformatsiyasi, xususiylashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik istiqbollari kabi mavzular qamrab olingan.

Shuningdek, nufuzli “Financial Times” nashri bilan “Raqobatbardoshlikni oshirish uchun iqtisodiyotni erkinlashtirish” mavzusida panel muhokamasi boʼlib oʼtadi va “Financial Times” nashrining onlayn platformalari orqali jonli efirga uzatiladi.

Forumning ikkinchi kunida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.