Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlarining navbatdagi yigʻilishi o’tkazilmoqda

Yig‘ilishda tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning harbiy idoralari rahbarlari, ShHT Kotibiyati vakillari ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda delegatsiyalar harbiy sohaga oid qator masalalarni muhokama qiladilar. Tomonlar, shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlar uchun mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka tahdidlar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashadilar.
Yig‘ilish oldidan Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston, shuningdek, ShHTda kuzatuvchi davlat sifatidagi Belarus harbiy idoralari rahbarlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘idagi monument poyiga gul qo‘ydilar.






