Toshkentda ShHTning giyohvandlikka qarshi kurash departamentlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 18 va 19-aprel kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning giyohvandlikka qarshi kurash idoralari vakillarining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tomonlar ShHT doirasida narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish departamentlari rahbarlarining yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdilar. Uchrashuv 20-aprel kuni bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilar yuqori saviyada bo‘lib o‘tadigan tadbir davomida qabul qilinadigan loyiha va hujjatlar muhokamasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
P.S. Oʻzbekiston raisligida 2022-yilda ShHTda 80 dan ortiq tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan.






