Toshkentda tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasiga tashrif buyurib, shu yilning 14-dekbrdan 18-dekabrga qadar Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi hamda tadbirda ishtirok etadigan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, holding kompaniyalari va hududiy hokimlar rahbarlari bilan uning bir qator tashkiliy va mazmundorligi masalalarini muhokama qildi.

Yarmarka bilan tanishish jarayonida tadbirga tayyorgarlik darajasini oshirish, uning biznes dasturini boyitish, shuningdek,mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish va ichki bozorda xaridorgir mahsulotlarni mahalliylashtirishni nazarda tutgan holda yarmarkaning natijadorligini ta'minlash yuzasidan aniq ko'rsatmalar berildi.