Toshkentda uchinchi TAF!21 reklama festivaliga start berildi

9-oktyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida xalqaro reklama konferentsiyasi, ABC-show, TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtmoqda.
10-oktyabr kuni dizaynerlar uchun vorkshop oʼtkazilishi rejalashtirilmoqda.
TAF! birinchi bor 2019-yil aprel III ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida oʼtkazilgan. Toshkent reklama festivali keyingi yillarda poytaxtning faol festivallar hayotidan munosib oʼrin oldi. Oʼtgan yilgi TAF! ANTI CRISIS onlayn formatda tashkil etilga edi.
Toshkent reklama festivalining oʼziga xosligi shundaki, bugungi kunda u mamlakatdagi yagona reklama bayrami boʼlib, unda muvaffaqiyatli brendlar va isteʼmolchilar qatnashadilar, eng yaxshi mahalliy reklama loyihalari aniqlanadi.
TAF!21 festivali – Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi, Oʼzbekiston Marketing uyushmasi hamda qator hamkorlar tomonidan tashkil qilingan keng koʼlamdagi tadbir hisoblanadi.
Bu yilgi festivalda Rossiya, Ukraina va Gruziyalik maʼruzachilar qatnashmoqda.
Shuningdek tanlovda mahalliy brendlarning 48 nafar vakillar hay’at a’zolari sifatida, 112ta brenf vakillari hamda yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Festival dasturida ko‘ra, TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi, xalqaro reklama konferentsiyasi, AB-shou va eng yaxshi reklama tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzatishda davom eting, g‘oliblar ismi tez orada ma’lum qilinadi.






