Toshkentda uysiz hayvonlar uchun boshpananing taqdimoti bo'lib o'tdi

Kecha AKFA Group bosh direktori Kamran G'ulomov tashabbusi bilan "Mehr" jonivorlar boshpanasi taqdimoti bo'lib o'tdi.
-Bugungi taqdimotga kelgan barchaga, shuningdek, ushbu ijtimoiy loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan va yordam ko'rsatayotgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishonchim komilki, bu loyiha hali boshlanishi, oldinda bizni yangi-yangi g'oyalar va yechimlar kutmoqda, - dedi AKFA guruhi bosh direktori.
Kamran G'ulomovning so'zlariga ko'ra, boshpana xodimlari, jonivorlar huquqlari himoyachilari va ko'ngillilar boshpanadagi har bir jonivorning o'z oilasi va uyi bo'lishi uchun imkon qadar harakat qilishadi.






