Toshkentda xalqaro ekofestival oʻtkaziladi

Joriy yilning 27-29-aprel kunlari Toshkent shahrida “Green Art” xalqaro sanʼati ekofestivali bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida xalqaro ilmiy anjuman, yoshlar forumi va ko‘rgazma o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi ko‘magida Landshaft sanʼati uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.
Ko‘rgazma-savdo yarmarkasida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda pitomniklar o‘z mahsulotlari darajasi hamda sifatini namoyish etish, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tabiat resurslari vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu xalqaro festivalni o‘tkazishdan maqsad Oʻzbekistondagi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.
Festival Xalqaro ilmiy konferensiya kun tartibidan milliy hamda xalqaro ekspertlarning “Ekologiya va tibbiyot”, “Shahar tomlarini ko‘kalamzorlashtirish”, “Ekologiya”, “Antropogen landshaftlar”, “Yashil iqtisodiyot” mavzularidagi maʼruzalari o‘rin olgan.






