Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

2022-yilning 23-24 aprel kunlari Toshkent shahrida, Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalarda sportchilar va havaskorlar orasida “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2022” bo‘lib o‘tishi munosabati bilan qator ko'chalar vaqtincha yopiladi.
Musobaqa kunlarida soat 06:00 dan 14:30 ga qadar yopiladigan ko'chalar:
• Furqat ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
• Islom Karimov shoh ko‘chasining Furqat va Bunyodkor shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
• Bunyodkor shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
• Seul ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi.






