Toshkentda xotin-qizlar tadbirkorligi haftaligi bo'lib o'tadi

15 - 19 noyabr kunlari poytaxtimizda “Ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga muvaffaqiyatli yondashuvlar: O‘zbekiston va jahon hamjamiyati tajribasi” mavzusida tadbirkor ayollar haftaligi o‘tkaziladi.
Ushbu haftalikda xotin-qizlarning huquqiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishda ishbilarmon doiralar va biznes hamjamiyatning o‘rni, gender tengligi, kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni va tadbirkor ayollarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Haftalik doirasida “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi faoliyatini yoritish bo‘yicha e’lon qilingan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.






