Toshkentda

1-iyul kuni Toshkentda "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig‘ilish qatnashchilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarni muhokama qiladilar.

Ushbu uchrashuv Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.