Toshkentda Yosh tadbirkorlar forumining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazma davomida qator bitim va shartnomalar imzolandi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida “Yosh tadbirkorlar forumi – IDEA” doirasida mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada 100 nafarga yaqin yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

Unda qator jamoat va tashkilot a’zolari ishtirok etdi.

Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi direktori Xayrulla Sattarov, Turkiy Kengash Bagdad Amreyev hamda kengashga a’zo davlatlarning yoshlar va sport siyosati vazirlari va boshqalar qatnashdi.

Tadbir davomida yosh tadbirkorlar hamda xamkorlar o‘rtasida qator bitim va shartnomalar imzolandi.