Toshkentdagi INHA universitetida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun 8-oktabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida 2021/2022-o‘quv yili bitiruvchilarini diplom bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

2014-yilda tashkil etilgan Toshkent shahridagi INHA universiteti bugungi kunda axborot texnologiyalari va logistika yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.

INHA prezidenti professor Cho Myon Vu boshchiligidagi Janubiy Koreya Respublikasining INHA universiteti delegatsiyasi bitiruv marosimida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Shuningdek, marosimda Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi Sang ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi Inha universitetining tashkil etilishiga asos solgan birinchi rektor, AKT vaziri Sherzod Shermatov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va bitiruvchilarga qutlov so‘zi yo'lladi.