Toshkentdagi INHA universitetining birinchi rektori Koreya INHA prezidenti bilan uchrashdi

Koreya delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida, Toshkentdagi INHA universitetida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Koreyaning INHA universiteti prezidenti Cho Myong Vu o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek uchrashuvda, Toshkentdagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov va Koreya delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi INHA universitetining tashkil etilishiga asos solgan birinchi rektor sanaladi.
Bugungi uchrashuvda, universitet faoliyati, ta'lim tizimi, kelgusidagi rejalar va hamkorlikning mustahkam hamda davomiy munosabatlari muhokama qilindi.






