Toshkentdagi ko'chalardan biri noyabrgacha yopiladi

Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7-oktyabr kuni soat 16:00 dan – 1-noyabr kuni soat 20:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirobod tumani, Toshkent «MUM» avtoshohbekati hamda Chimkent ko‘chasi kesishmasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

"Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan", deyiladi hokimlik xabarida.