Toshkentdagi maktab oʻquvchilari Umraga bordi

Toshkent shahridagi maktablardan birida tahsil oladigan 7—8-sinf oʻquvchilari pul yigʻib Umra safariga bordi. Bu haqda jurnalist Karimberdi Turamurod oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Jurnalist sahifasiga bolalar bilan tushgan suratini ham joylab, quyidagicha izoh qoldirgan:

“Alhamdulillah, Umra monopoliyadan chiqib, minglab turfirmalar safarga yuborishmoqda. Narxlar ham kundan kunga arzonlashyapti. Mahalladoshlar, jamodoshlar yig‘ilib, Umra (ziyoratini ado etmoqda — tahr.). Mana o‘quvchilar ham kelibdi”.

Karimberdi Turamurod shu kunlarni orzu qilganini ham qoʻshimcha qildi.