Toshkentdagi markaziy masjidlarga imom xatiblar tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan, Toshkent shahridagi "Minor" jome masjidi imom-xatibi vazifasiga Rahmatulloh domla Sayfuddinov tayinlandi.

Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:

Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

“Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.