Toshkentdagi savdo markazlari odatiy ish rejimiga qaytadi

26-yanvardan boshlab havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani bois barcha savdo va xizmat koʼrsatish shoxobchalari, koʼngilochar savdo markazlari va istirohat bogʼlarini doimgidek faoliyat yuritishi haqida ma’lum qilindi. Ammo, Toshkentdagi oziq-ovqat doʼkonlari va umumovqatlanish korxonalarining vaqtincha qisqartirilgan rejimda faoliyat olib boradi.

P.S. Аnomal sovuq sharoitida aholiga elektr energiya va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida 15-yanvardan boshlab Toshkent shahridagi bir qator xizmat koʼrsatish obyektlariga soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha qisqartirilgan rejimda faoliyat yuritish tavsiya etilgan edi.