Toshkentdagi taʼlim muassasalarida oʼqish 23-yanvardan boshlanadi

Toshkent shahridagi taʼlim muassasalari — maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy taʼlim dargohlarida oʼqish joriy yilning 23-yanvaridan boshlanadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan taʼlim obyektlaridagi harorat belgilangan meʼyorda boʼlishi nazoratga olinishi maʼlum qilindi.






