Toshkentdan Madinaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi

“Panorama Airways” kompaniyasi Toshkent va Madina (Saudiya Arabistoni) o‘rtasidagi parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysdir”, deyiladi xabarda.
Mazkur yo‘nalishdagi parvozlar asosan hajga ketayotgan musulmon ziyoratchilar uchun moʻljallangan.
Aviaqatnov joriyi yilning 21-aprelidan boshlab, har kuni yo‘lga qo‘yiladi. Toshkentdan ushich vaqti — 19:15.






