Toshkentdan Omsk va Nijniy Novgorodga parvozlar yo`lga qo`yiladi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2023-yil bahor-yoz navigatsiyasidan boshlab Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining ikkita shahriga yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda.
Aviakompaniya Toshkent-Omsk-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 26-martdan haftasiga bir marta, yakshanba kunlari, shuningdek, Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 28-martdan haftasiga ikki marta, seshanba va shanba kunlari muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi.






