Toshkentdan Termiz va Andijonga qo’shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Yangi yil bayrami munosabati bilan “Toshkent - Termiz - Toshkent” hamda “Toshkent - Andijon - Toshkent” yo‘nalishida qo’shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

2022-yilning 17-19-21-24-26-28-dekabr kunlari hamda 2023-yilning 2-4-7-9-11-14-yanvar kunlari 157-sonli “Toshkent — Termiz” yo‘nalishi hamda 18-20-22-25-27-29-dekabr kunlari va 2023-yilning 3-5-8-10-12-15-yanvar kunlari 157-sonli "Termiz — Toshkent" yo‘nalishi harakati amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Toshkent - Andijon - Toshkent” yo‘nalishida 2022-yilning 15-22-29-dekabr kunlari va 2023-yilning 5-12-19-26-yanvar kunlari qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi va jadval asosida harakatlanadi.

P.S. Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan olish mumkin.