Toshkentga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasida ishlab kelgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi.
Ma'lum qilinishicha, uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, Rahmatulloh domla Sayfuddinov 2021-yilning oktyabr oyida ushbu vazifaga tayinlangan edi.






