Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bugun, 8-aprel kuni Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari motosayyohlarning tantanali yurishi sabab vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun 20-motomavsum ochilishi o‘tazilishi munosabati bilan motosayyohlarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi. Shu sababli shaharning quyidagi ko‘chalari soat 12:00 dan 13:00 ga qadar yopiladi:
• Cho‘pon ota ko‘chasi yaqinidagi avtoturargohdan Yettiterak ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan kesimasigacha;
• Yettiterak ko‘chasining O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan shoh ko‘chaning Buxoro ko‘chasi kesishmasigacha ("Kosmonavtlar" metro bekati);
• Buxoro ko‘chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Alisher Navoiy ko‘chasi Buxora ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Furqat ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Furqat ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan “Milliy” stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.






