Toshkentning ba’zi hududlarida avtotransport vositalarining harakatlari vaqtincha cheklanadi

“Davlat bayrog‘i kuni” munosabati bilan 13-noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta hududida (Yangi O‘zbekiston bog‘i, "Humo" arena, Ashxobod bog‘i) “Yangi nafas” yugurish sport tadbirlari o‘tkaziladi. Shu sababli, 12-13-noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta hududi – Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarining bir qismi avtotransport harakati uchun cheklanadi.

2022-yil 12-noyabr kuni soat 18:00 dan:

Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
2022-yil 13-noyabr kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha:

Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Sharof Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Islom Karimov shohko‘chasi — Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
soat 6:00 dan 12:00 gacha:

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi (Toshkent shahriga kirish qismi), shuningdek, soat 8:30 dan 11:00 gacha Toshkent viloyati tomoniga birinchi qayrilish joyidan Yangi O‘zbekiston bog‘ining oldigacha.