Toshkentning toʻrt tumanida ikki kun ichimlik suv oʻchiriladi

Toshkent shahrining 4 ta tumanida 17-apreldan 19-aprel soat 9:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur muddat davomida Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanish jarayonida ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Ichimlin suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladigan hududlar:

• Sergeli tumanida: Jun, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, So‘g‘diyona, Qumariq, Oltin vodiy, Uchuvchilar va Bunyodobod mahallalarida;

• Yangihayot tumanida: Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog', Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli va Toshkent mahallalarida;

• Yakkasaroy tumanida: Boshliq, Qushbegi mahallalarida va Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qahhor ko‘chalarida;

• Mirobod tumani: Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.