Tovar-xomashyo birjasining sayti yangilandi. Nimalar o’zgardi?

O'zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi veb-sayti yangilandi. Foydalanuvchining maqsadli harakatga o'tadigan yo'lini soddalashtirish va qisqartirish uchun sayt modernizatsiya qilindi. Yaxshilashga nafaqat tashqi ko'rinishdagi, balki sayt tarkibidagi o'zgarishlarni ham o’z ichiga oladi. 

Bundan tashqari, yangi funksiyalar paydo bo'ldi, masalan, barcha tovar turlari bo'yicha narxlar dinamikasini grafik rejimda kuzatish bo’yicha.

Bundan buyon barcha interaktiv xizmatlar, foydali servislar va muhim ma'lumotlar asosiy sahifada joylashtiriladi. Shuningdek, elektron savdolarda qatnashish uchun kerakli avans to'lovi miqdorini hisoblashda foydalanish uchun kalkulyator ham joylashtiriladi.