Toyota Rossiyada avtomobil ishlab chiqarishni to'xtatganini e'lon qildi

Juma kuni Toyota korporatsiyasi Sankt-Peterburgdagi zavodida avtomobil ishlab chiqarishni to'xtatganini rasman e'lon qildi. Shu bilan birga, avtomobil ishlab chiqaruvchisi e'lon qilingan bayonotda rossiyalik xodimlarini qayta ishga joylashtirish, qayta tayyorlashda yordam berishga va'da berdi va ularga moliyaviy yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, Toyota so'nggi olti oy davomida voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borgan va agar vaziyat bunga imkon bersa, Sankt-Peterburgdagi korxona ishini tiklashga tayyor.

"Rossiyada Toyota avtomobillarini ishlab chiqarishni to'xtatish qarori biz uchun oson bo'lmadi. Biz xodimlarimizga mashaqqatli mehnatlari va fidoyiliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.