Toyota Yaponiyadagi barcha zavodlarida ishlab chiqarishni to'xtatdi

Yaponiyadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri Toyota joriy yilning 1-mart kuni mahalliy ta'minotchilardan birining tizimidagi nosozlik sababli mamlakatdagi barcha 14 ta zavodida ishlab chiqarishni to'xtatganini e'lon qildi.

“Mahalliy yetkazib beruvchilarimizdan birida tizimdagi nosozlik tufayli biz Yaponiyadagi 14 ta zavoddagi barcha 28 ta liniyada ishlab chiqarishni to‘xtatib turishga qaror qildik (har ikki smenada). Keltirilgan noqulayliklar uchun mijozlarimizdan uzr soʻraymiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Bugungi kunga kelib, qancha korxona yopiq qolishi aniq emas, chunki Toyota hali ham muammolarni tahlil qilmoqda, dedi kompaniya vakili.

Yaponiya zavodlari Toyota kompaniyasining yillik ishlab chiqarishining taxminan uchdan bir qismini tashkil qiladi. MarketWatch ma'lumotlariga ko'ra, Yaponiyadagi korxonalarda ishlab chiqarishning to'xtatilishi yarimo'tkazgichlarning global taqchilligining salbiy oqibatlariga allaqachon duch kelgan kompaniyaning qiyinchiliklarini kuchaytiradi.