Toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 4,3 % ga oshgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilda toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 97 trillion soʼm asosiy kapitalga investitsiyalar oʼzlashtirilgan.
Qayd etilishicha, jami investitsiyalar hajmida asosiy kapitalga oʼzlashtirilgan toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 36 % ni tashkil etgan. Bu koʼrsatkich 2021-yilga nisbatan solishtirilganda 4,3 % ga oshgan.






