Toʼqimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard soʼm yoʼnaltiriladi

Toʼqimachilikda keyingi yilda ichki bozorga qoʼshimcha 5 trillion soʼmlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 4,3 milliard dollarga yetkazish topshirildi.
Buning uchun:
Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024-yil 1-yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi;
kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi;
yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yoʼnaltiriladi;
toʼqimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard soʼm yoʼnaltiriladi;
yil yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.






