Toʼqimachilik sanoatida talabalarga taʼlim berishda Germaniya tajribasi joriy etiladi

Germaniyaning amaliy Fanlar universiteti oʼyash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va toʼqish kabi yoʼnalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etadi.
«Oʼztoʼqimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati Germaniyaning Аmaliy Fanlar universiteti professori Marion Xalfman va TITLP vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi, unda talabalarni toʼqimachilik sanoati uchun tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, professor toʼqimachilik instituti talabalarini Germaniya universiteti dasturi doirasida oʼqishga yuborish, shuningdek, boʼyash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va toʼqish kabi yoʼnalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish imkoniyati haqida taklif bilan chiqdi.
Аmaliy Fanlar universiteti 1971 yilning 1 avgustda 8 ta oliy texnik taʼlim muassasalari, uchta muhandislik maktablar va kasb va sanʼat maktabi birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Unda 14 215 talabalar tahsil oladi va Germaniyada amaliy fanlarni oʼqitish boʼyicha kuchli 10 ta yirik universitetlaridan biri hisoblanadi.






