Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e'lon qildi

"Amerikani yana buyuk qilish uchun men bugun kechqurun AQSh prezidentligiga nomzodimni qo'yaman", dedi Tramp Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohida o'z tarafdorlari oldidagi chiqishida.
Bundan tashqari, Tramp vakillari Federal saylov komissiyasiga saylovlarda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan.
O'z navbatida, AQShning amaldagi demokrati Jo Bayden Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda, 2023 yil boshida ikkinchi muddatga o'z nomzodini qo'yish haqida qaror qabul qilish niyatida ekanini aytdi.






